Light | 13:44 / 31.07.2018
15598
2 daqiqa o‘qiladi

65 yil hunar ortidan kun kechirgan buxorolik otaxondan ibratli hikoya

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi Halim bobo 96 yoshni qarshilamoqda, lekin uning jismoniy va ruhiy holati tengdoshlariga qaraganda ancha yaxshi. Qariya bir jihatdan ko‘pchilikning e'tiborini tortadi: u 65 yildan buyon uy-ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlab, shahar markazida savdo qiladi. 

Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan Halim bobo halol mehnati ortidan «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganini ko‘rsatib, maqtanib ham oldi.

«To‘rt nafar o‘g‘il, ikki qizim, 75 nafar nabira, chevara, evaralarim bor. 65 yildan buyon hunar bilan shug‘ullanib, oila boqaman», deydi otaxon.

Boboning aytishicha, u yasashni o‘rganayotgan taroqlarni mustaqil tayyorlash uchun ustozi fotiha bermagan. 

«Sen ham tayyorlasang, mening taroqlarimni hech kim olmay qo‘yadi, deb fotiha bermadi. 20 yil qilmadim. Keyin o‘g‘illari so‘radi, nega taroq yasamaysiz, deb. 

Otangiz fotiha bermagandi, desam, obbo dedi-da, men beraman, qilavering, dedi. Shundan keyin yana boshladim», deydi u.

Otaxon Buxoro shahridagi «Poyi Kalon» binosi yaqinida yoyma savdo do‘konini tashkil etgan. Uning oddiy hayoti va savdo qilishini kuzatib, ancha o‘rnak olsa arzigulik jarayonga guvoh bo‘lishingiz mumkin.​

Mavzuga oid