O‘zbekiston | 21:32 / 01.08.2018
49473
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zagroeksport»ning narx siyosati bekor qilindi

Foto: Uzagroeksport

«O‘zbekiston Respublikasida investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.

Farmon mamlakatda investitsion muhitni yanada yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish, mazkur yo‘nalishda davlat siyosatining izchilligiga investorlarning ishonchini mustahkamlash va investorlar bilan ishlashda davlat tuzilmalarining mas'uliyatini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Hujjatga asosan eksport kontraktlarini kontrakt tuzilgan kunda «O‘zagroeksport» AJ e'lon qilgan narxlardan past bo‘lmagan narxlar bo‘yicha tuzish, shuningdek, eksport kontrakti tuzmasdan invoys asosida o‘tkaziladigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxonada bojxona yuk deklaratsiyasi ro‘yxatga olinadigan kunda «O‘zagroeksport» AJ rasmiy veb-saytida qayd etilgan narxlardan past bo‘lmagan narxlar bo‘yicha rasmiylashtirish tartibi bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Kun.uz ushbu mavzu bo‘yicha bir qator reportaj va maqolalar e'lon qilgan, ularda «O‘zagroeksport» tomonidan belgilangan narxlar yetishtirilgan mahsulotlar eksportiga to‘g‘anoq bo‘layotgani yoritilgandi.

Mavzuga oid