«Manchester Siti» mavsumni sovrin bilan boshladi
Angliyada Superkubok bahsi bilan yangi mavsumga start berildi.
Unda amaldagi chempion «Manchester Siti» va Kubok sohibi «Chelsi» bellashdi. Har bo‘limda bittadan gol urgan «shaharliklar» o‘yinda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. To‘plar Serxio Aguero hisobiga yozildi.
Bu «Manchester Siti»ning o‘z tarixidagi beshinchi Superkubogi bo‘ldi. Bundan oldin jamoa 1937, 1968, 1972 va 2012 yillarda shunday yutuqqa erishgan.
Angliya Superkubogi
Chelsi – Manchester Siti - 0:2
5 avgust, London, «Uembli» stadioni
Gollar: 0:1 – 13 Aguero, 0:2 – 58 Aguero.
Chelsi – Kabalero, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Barkli, Jorjino, Pedro (Mozes, 79), Fabregas (Drinkuoter, 60), Xadson-Odoi (Villian, 59), Morata (Abraxam, 69).
Manchester Siti – Bravo, Stounz, Mendi, Uoker, Laport (Otamendi, 87), Foden (Braim Dias, 76), Fernandino, Mahrez (Gabriel Jyezus, 68), Bernardu Silva, Sane (Gyundogan, 46), Aguero (Kompani, 80).
Mavzuga oid
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
12:25 / 19.08.2024
«Real» mavsumni yo‘qotish bilan boshladi, «Siti» yarim kuch bilan g‘alabaga erishdi. Kun o‘yinlari
15:02 / 20.05.2024