Sport | 10:20 / 05.08.2018
12576
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya klubi O‘zilni qo‘llab-quvvatlovchi liboslarda maydonga tushdi

Foto: Reuters

Turkiyaning «Yyeni Malatyaspor» klubi «Gazishexir Gaziantep» klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:1) «Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O‘zilni qo‘llab-quvvatlovchi yozuvlar tushirilgan futbolkalarda maydonga tushishdi.

Eslatib o‘tamiz, germaniyalik 29 yoshli futbolchi Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an bilan suratga tushganidan keyin boshlangan mojarolardan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. «Arsenal» yarim himoyachisi Nemis futbol ittifoqi unga nisbatan irqchilik munosabatida bo‘lganini bildirdi.

O‘zil terma jamoa safida 2009 yildan buyon to‘p surib kelgandi. U Germaniya terma jamoasi tarkibida 92ta uchrashuvda maydonga tushib, 23ta gol urgan.

Mavzuga oid