Jahon | 14:57 / 06.08.2018
40526
2 daqiqa o‘qiladi

Guardian: bin Lodinning o‘g‘li 11 sentabr teraktlari ijrochisining qiziga uylandi

Foto: EPA

«Al-Qoida» terrorchilik guruhining asoschisi va yetakchisi Usama bin Lodinning o‘g‘li - Hamza - Muhammad Atta - 11 sentabr kuni Nyu-Yorkda terakt sodir etgan jangarilar yetakchisining qiziga uylandi. Bu haqda The Guardian gazetasi maxsus intervyu davomida uning oila a'zolari tomonidan berilgan bayonotga asosan xabar qilmoqda.

Nikoh haqidagi xabarni Usama bin Lodinning ukalari - Ahmad va Hasan Al-Attas tasdiqlagan. Ularning fikricha, Hamza «Al-Qoida»da yuqori lavozimni egallagan va AQShning Pokistondagi amaliyoti vaqtida otib o‘ldirilgan otasining o‘limi uchun qasd olishni rejalashtirgan.

Hamza bin Lodin - Pokiston harbiy bazasi yaqinida, Abbottobodda Usama bin Lodin bilan birga yashagan va hujumda omon qolgan uch nafar xotini - Xayriya Sabarning o‘g‘li. Hamza bin Lodin «Al-Qoida» terrorchilik guruhining hozirgi rahbari Ayman Al-Zavohiriyning o‘rinbosari deb hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Usama bin Lodinning onasi birinchi marotaba intervyu bergandi. 

Mavzuga oid