Jahon | 21:55 / 06.08.2018
4374
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuela har qanday yangi agressiya uchun Kolumbiyani ayblamoqda

Foto: RIA Novosti / Dmitriy Znamenskiy

Venesuela hukumati shanba kuni prezident Nikolas Maduroning joniga qasd qilinganidan so‘ng har qanday agressiya uchun javobgarlikni qo‘shni Kolumbiya zimmasiga yuklamoqda.

"Biz har qanday yangi agressiya uchun Kolumbiya hukumati javobgar bo‘lishi haqida ma'lum qilamiz", - deyiladi Venesuela hukumati bayonotida.

Bundan avval Maduroning o‘zi uddasidan chiqilmagan suiqasdda muxolifat va Kolumbiya prezidentini ayblagandi. Kolumbiya Tashqi ishlar vazirligi Bogotaning voqeaga aloqadorligini rad etmoqda. 

Rasmiy Karakasning fikricha, Bogota mazkur hujumni qoralamagani va Maduroning sog‘lig‘i borasida qayg‘urmagani ajablanarli. 

"Boshqa tomondan, Kolumbiya hukumatining yagona pozitsiyasi qanday bo‘lmasin, prezident Xuan Manuelni himoya qilish bo‘lgani shubhali", - deyiladi bayonotda. 

Unda shuningdek tarix Kolumbiya oligarxiyasining Venesuela ishlariga aralashuvi chegara bilmasligini ko‘rsatgani, Venesuela xalqi o‘tmishda o‘zining fuqarolik-harbiy alyansida bu shikoyatlarni to‘xtatgani, endi esa bu ishni davom  ettirishini ma'lum qilgan. 

Tovarlar tanqisligi, inflyatsiya va davlat daromadlarining pasayishi tufayli Venesueladagi vaziyat murakkablashdi. Shu bois yaqinda Nikolas Maduro qayta prezident etib saylangan saylovlar yakunlarini jahonning ko‘p mamlakatlari tan olmadi. 

2018 yilning yanvarida Kolumbiyaning amaldagi prezidenti Xuan Manuel Santos ikki mamlakat o‘rtasidagi tarang munosabatlar sababli Venesueladagi elchisini ortiga qaytargan. 

Mavzuga oid