Kolumbiya prezidenti mamlakat bilan xayrlashib, siyosatdan ketishini e'lon qildi
Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos xalq oldida chiqish qilib, siyosiy maydonni tark etishini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Uning o‘rnini saylovda g‘olib bo‘lgan Ivan Duke egallaydi. Santos ketma-ket ikki marta saylovda g‘olib bo‘lgan va 8 yil davomida davlatni boshqardi.
“Siyosatni tark etyapman, ammo ichki ziddiyatlarni kamaytirib, tinchlikni saqlash uchun boshqa sohalarda faoliyat yuritaman. Hech kimga nisbatan nafratim yo‘q. Davlatda birlik bo‘lsa, yanada kuchayadi. Salohiyatimiz keng. Qutblashish bizni chegaralashiga yo‘l qo‘ymaylik”,- deya o‘z fikrini yakunladi Santos.
Shuningdek, sobiq rahbar Dukega muvaffaqiyat tiladi va uning siyosiy faoliyatiga aralashmaslikka va'da berdi.
Mavzuga oid
12:23 / 13.08.2024
Kolumbiyada harbiylashgan guruh tomonidan ushlab turilgan 66 askar ozod qilindi
17:24 / 07.07.2024
Ayanchli tugagan hayot – MRB va kolumbiyalik narkokartellar bilan bir vaqtning o‘zida hamkorlik qilgan amerikalik uchuvchi kim edi?
22:18 / 21.06.2024
Mo‘g‘uliston, Sloveniya va Kolumbiyaning O‘zbekistondagi elchilari tayinlandi
14:55 / 02.05.2024