Light | 20:10 / 11.08.2018
36994
3 daqiqa o‘qiladi

Apelsin haqida 18 ta qiziqarli fakt

Oramizda apelsinni biror marta iste'mol qilmagan odam bo‘lmasa kerak. Endi uning nafaqat ta'mini, balki unga oid qiziqarli faktlarni bilish vaqti keldi.

  • Apelsin bu  - gesperid rezavor meva turlaridan (teri bilan qoplangan rezavor meva) biri.
  • Nordon apelsin taxminan 10 asrda Yevropa hududiga portugaliyalik dengizchilar, shirini esa 15 asrda genuyalik savdogarlar tomonidan keltirilgan.
  • Dunyoda yetishtiriladigan jami apelsinlarning deyarli 20 foizi meva holida sotiladi va iste'mol qilinadi. Qolgan qismi esa sharbat, ekstrakt va konservalar ishlab chiqarishga ketadi.
  • Apelsin daraxti yuz yilgacha umr ko‘rishi mumkin.
  • Apelsinning «Vashington Navel» navida danaklar bo‘lmaydi, shuning uchun changlantirish yo‘li bilan ko‘paymaydi, faqat payvandlash orqali amalga oshiriladi.
  • Bitta sitrus daraxtning 60 ming donagacha guli bo‘lishi mumkin, biroq bor-yo‘g‘i 1 foizidagina mevalar yetiladi.
  • Apelsinning «Valensiya» navi bu mevaning dunyoda eng ko‘p tarqalgan navi sanaladi.
  • Apelsinlar hosildorlik ramzi sanaladi. Doimo yashil tusdagi ushbu daraxt bir vaqtning o‘zida gullaydi, meva tugadi va barglarini to‘kadi.
  • Bir dona apelsinda mavjud kletchatkaga ega bo‘lish uchun yetti likopcha makkajo‘xori bodroqlarini iste'mol qilish kerak.
  •  Dunyoda shokolad va vanildan keyin apelsin hidi eng yoqimli hid deya tan olingan.
  •  Apelsin – dunyoda eng keng tarqalgan sitrus.
  •  Apelsin daraxtlari ilk bor Xitoyda yetishtirilgan.
  •  Statistika bo‘yicha odam har yili taxminan 5,5 kg sitrus iste'mol qiladi, shuning katta qismini apelsinlar tashkil etadi.
  •  18 asrda britaniyalik dengizchilar dengiz kasalligiga chalinmaslik uchun o‘zlari bilan kemaga karamdan tashqari, apelsin ham olishgan.
  •  Bir dona apelsin tarkibida S vitaminining kunlik normasi mavjud.
  •  Bir dona apelsin danagidan bir nechta daraxt o‘sishi mumkin.
  •  Ko‘pgina madaniyatlarda apelsin daraxti va uning mevalari muhabbat ramzi sanaladi. Rennesans davri suratlarida rassomlar sevishgan juftlikni apelsin daraxtlari orasida turgan holda tasvirlaganlar.

Mavzuga oid