O‘zbekiston | 10:48 / 11.08.2018
84846
1 daqiqa o‘qiladi

«Tolibon» harakati delegatsiyasi O‘zbekistonga kelgani ma'lum bo‘ldi

Arxiv foto/Twitter

2018 yilning 7-10 avgust kunlari Doha shahrida joylashgan «Tolibon» harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbas Stanikzay boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, «Tolibon» harakati delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilingan. Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston «Tolibon» bilan muzokaralar o‘tkazgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid