Jamiyat | 14:46 / 17.08.2018
11693
1 daqiqa o‘qiladi

Haydovchining ehtiyotsizligi sabab «Lasetti» ag‘darilib, ikki kishi jarohat oldi

Illyustrativ foto

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida 16 avgust kuni Andijon shahrida yashovchi A.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinani “Toshkent-O‘sh” yo‘lining 351-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Mavzuga oid