O‘zbekiston | 10:54 / 17.08.2018
27897
1 daqiqa o‘qiladi

Ko‘ksaroy qarorgohida Tojikiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon 17 avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Ko‘ksaroy qarorgohida Tojikiston Respublikasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon shohsupaga ko‘tarildilar. Har ikki davlat madhiyasi yangradi.

Ko‘ksaroyda tor va keng doirada muzokaralar o‘tkaziladi. Ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi. 

Mavzuga oid