Iqtisodiyot | 13:20 / 19.08.2018
21876
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Turkiya savdo hajmi rekord darajaga yetdi 

Foto: Anadolu Agency

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo hajmi rekord ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Bashar Shen ma'lumotiga ko‘ra, bu raqam yil yakuniga qadar qariyb 2 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. 

Elchining Anado‘lu agentligiga bergan intervyusida ikki mamlakatning savdo munosabatlarida keskin o‘zgarish bo‘lishi, tez orada savdo hajmi 5 milliard dollarga yetishi haqida so‘z boradi.

Shen mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning turk tadbirkorlarini O‘zbekistonga faol chorlayotganini ta'kidlab, bu yerda hech qanday «FeTO»ga aloqador tuzilma yo‘qligini aytadi. 

«Tashkilot maktablari O‘zbekistonda yopilgani bizni xursand qiladi», deydi elchi. 

Unga ko‘ra, «FeTO» maktablari 1999 yildan buyon O‘zbekistonda  faoliyatini to‘xtata boshlagan. Bu jahon hamjamiyati ichida O‘zbekistonning uzoqni ko‘ra bilganini ham anglatadi.

Mavzuga oid