Sport | 14:30 / 20.08.2018
8160
2 daqiqa o‘qiladi

Taekvondo. Nigora Tursunqulova va Niyoz Po‘latov yarim finalda

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.

Bugun o‘zbekistonlik taekvondochilar ham bahslarga kirishishgan.

-53 kg vazn toifasida Dinara Mamadibragimova nimchorak finalda qozog‘istonlik Fariza Alangorovaga 16:17 (2:2, 5:2, 9:13) hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

-67 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi Nigora Tursunqulova ilk jangida hongkonglik Lo Vai In Vinsini katta ustunlik bilan mag‘lub etdi - 22-2 (8:1, 11:0, 3:1).

Nigora Tursunqulova chorak finalda makaolik Liu Qingni mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi.

Foto: Nigora Tursunqulova / Hasan Pirmuhammedov
Foto: Nigora Tursunqulova / Hasan Pirmuhammedov

Endi u final yo‘llanmasi uchun janubiy koreyalik Kim Jandi bilan bellashadi.

-58 kg vazn toifasi vakili Niyoz Po‘latov esa nimchorak finalda Xitoy Taypeyidan tashrif buyurgan Hu Kuangyuni 30:28 hisobida (10:4, 6:10, 14:14) mag‘lub etdi.

Foto: Niyoz Po‘latov / Hasan Pirmuhammedov
Foto: Niyoz Po‘latov / Hasan Pirmuhammedov

U chorak finalda tailandlik Savekvihare Ramnarongga qarshi chiqib, 23:21 hisobida (11:7, 3:2, 9:12) hisobida ustun kelib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Foto: Niyoz Po‘latov / Hasan Pirmuhammedov

Po‘latovga yarim finalda eronlik Ashur Zido Falloh Farzon raqiblik qiladi.

Mavzuga oid