Jahon | 16:11 / 21.08.2018
22774
1 daqiqa o‘qiladi

Eron o‘zida ishlab chiqarilgan ilk qiruvchini taqdim etdi

Tehronda tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, unda eronlik harbiylar o‘zlarida ishlab chiqarilgan dastlabki qiruvchini taqdim etdilar. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.

Foto: Tasnim 

Mudofaa sanoati kuni arafasida o‘tkazilgan marosimda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham ishtirok etdi.

Samolyot Kowsar deb ataldi. Qiruvchi turli xil qurollarni o‘zida olib yurishi mumkin. Undan aviatsiyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiyalarda foydalanish rejalashtirilgan.

Foto: Tasnim 

Ta'kidlanishicha, qiruvchi mudofaa sanoati sohasidagi mutaxassislarning «keng qamrovli tadqiqoti» yordamida ishlab chiqilgan. Shunga qaramay, agentlikning materialida samolyotning batafsil tavsifi keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh eronlik ikki josus ushlangani haqida ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid