Toshkent viloyatida 1200 o‘rinli amfiteatr ochildi
Toshkent viloyatiga mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb qilish hamda mashhur asarlarni sahnalashtirish maqsadida Ohangaron shahar markazidan o‘tgan Toshkent-Ohangaron-Angren-O‘sh (A-373A) avtomagistrali yo‘nalishi yo‘l bo‘yida 65 sotix maydonni egallagan amfiteatr ochildi. Amfiteatrning ochilish marosimi tantanali ravishda Xitoy, Koreya va Rossiyadan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida o‘tkazildi.
Amfiteatr uch qavatli bo‘lib, 1200 o‘ringa mo‘ljallangan. Amfiteatrning birinchi qavatida supermarketlar (zargarlik, hunarmandchilik buyumlari) va umumiy ovqatlanish majmuasi, ikkinchi qavatida banketlar o‘tkazishga mo‘ljallangan zal, uchinchi qavatida esa VIP-zal joylashgan.
Bundan tashqari, 100 o‘rinli kinozal, ichki va tashqi sayyohlar uchun hunarmandlar tomonidan tayyorlangan milliy mahsulotlar ko‘rgazmazi va savdolari tashkil etiladi.
Izoh: Amfiteatr (yunoncha amphitheatron – “atrofida” “teatr” , “ikki tomonlama tomosha”) – qadimiy Yunoniston va Rimda ommaviy tomoshalar, teatr spektakllari ko‘rsatiladigan mahobatli inshoot. Amfiteatr – o‘rtasidagi maydoni ellips shaklidagi katta bino; uning tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan qator-qator o‘rindiqlari pastdan yuqoriga zina shaklida ko‘tarilib boradi. Amfiteatrda arklar, ustunlar va ular orasida gumbazli galereyalar bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:14
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024