YuNeSKO O‘zbekistondagi istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi
Oliy Majlis Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi A.Saidov va madaniyat vaziri o‘rinbosari K.Oqilovalardan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ayni damda Fransiya xizmat safarida.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi YuNeSKO bosh direktori o‘rinbosari Sin Tsyuy va Tashkilot rahbari o‘rinbosari Ernesto Ramires bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar davomida ular O‘zbekistonning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan tanishtirildi.
Shuningdek tomonlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi. Tadbirda O‘zbekiston qator yo‘nalishlar bo‘yicha YuNeSKO bilan hamkorlikka katta e'tibor qaratayotgani qayd etildi. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash va respublika madaniy-tarixiy merosini saqlash hamda rivojlantirish yo‘lidagi hamkorlik alohida ta'kidlandi. 2018 yilning sentabr oyi boshida YuNeSKO shafeligi ostida Shahrisabzda o‘tkaziladigan I Xalqaro Maqom forumi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Fransiya tomon O‘zbekistonda ta'lim, ilm-fan va madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi, zero bu ishlar YuNeSKO global missiyasi asosini tashkil qiladi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, amaliy natijalarga yo‘naltirilgan qator aniq chora-tadbirlar bilan birga "Mamlakat dasturi" qo‘shma implementatsiyasini qabul qilishga doir kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024