O‘zbekiston | 01:18 / 26.08.2018
30070
2 daqiqa o‘qiladi

3 kun ichida 45ta avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 iyuldagi “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga ko‘ra, Toshkentda 23 avgustdan yengil avtotransport vositalari oynasini qoraytirishga ruxsatlar berila boshlandi. O‘tgan 3 kun ichida bunday ruxsatni 30 nafar jismoniy va 15 nafar yuridik shaxs olgan. 

Oynalarni qoraytirishga ruxsatlarni Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining quyidagi manzillar bo‘yicha joylashgan  diagnostika stansiyalarida olish mumkin:

1-diagnostik stansiya: Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 118a. Telefon: 279-35-90, faks: 279-64-46. Avtobuslar: 32, 100, 105, 118.

2-diagnostik stansiya: Yunusobod tumani, O.Zokirova ko‘chasi, 2a. Telefon: 212-88-69, faks: 223-25-30. Avtobuslar: 83, 96.

3-diagnostik stansiya: Mirobod tumani, Vodil ko‘chasi, 54. Telefon: 283-21-03. Avtobuslar: 37, 81, 93.

Eslatma: tegishli ruxsat olmasdan o‘zboshimchalik bilan avtomobillar oynalarini qoraytirish uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 126-moddasiga ko‘ra javobgarlik ko‘zda tutilgan.

126-modda. Ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish

Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mavzuga oid