Sport | 12:00 / 28.08.2018
8854
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. Shunqor Abdurasulov ham yarim finalga chiqdi

O‘zbekiston boks jamoasining yana bir vakili Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi.

 -60 kg vazn toifasida turnirga tashrif buyurgan Shunqor Abdurasulov chorak final jangini qirg‘izistonlik Qodirbek Argen uluga qarshi o‘tkazdi va g‘alabaga erishdi.

Abdurasulov raqibini 3:2 (28:27, 28:27, 27:28, 27:28, 28:27) hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Endi uning yarim finaldagi raqibi tailandlik Juntrong Rujakran bo‘ladi. Yarim final jangi 31 avgust kuni o‘tkaziladi. Bu bokschi chorak finalda indoneziyalik Papendang Farrandni 5:0 hisobida mag‘lub etgan.

Biroz oldinroq O‘zbekiston jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Jasurbek Latipov indoneziyalik Suguro Aldomsni 4:1 hisobida yengib, yarim finalga chiqqandi.

Bugun o‘zbekistonlik yana bir bokschi, -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov chorak final jangini o‘tkazadi. Uning yarim final yo‘lidagi raqibi janubiy koreyalik Lim Hyunchul bo‘ladi.

Mavzuga oid