Dunyodagi eng muhtasham g‘or
Arkanzasdagi Beckham Creek Cave Lodge mehmonxonasi bombapanoh sifatida qurilgan bo‘lib, sovuq urush tugaganidan so‘ng ikkinchi hayotini boshladi. Hozirda bu yerda sakkiztagacha mehmon joylashishi mumkin, mehmonxonaning o‘z sharsharasi va vertolyot maydoni ham mavjud.
Bu mehmonxonada bir sutka turish 1200 dollarga tushadi, ammo uning egasi mehmonxonani 2,75 million dollarga sotmoqchi.
1980-yillargacha bu yerdan harbiylar foydalanib kelishgan. 80-yillar boshida tadbirkor Jon Xey uni 146 ming dollarga sotib olgan va sovuq urushdan himoyalanish uchun foydalanmoqchi bo‘lgan.
U to‘rt yil vaqt va ikki million dollar sarflab g‘orni yashash maskani va bombadan saqlanadigan joyga aylantirgan.
Sovuq urush yakuniga yetganidan so‘ng Xey uni sotib yuborgan.
Mavzuga oid
09:42 / 26.08.2023
Boy-buloq g‘ori chuqurligi rekord darajada «uzaydi»
07:23 / 20.09.2022
1 kuni 2,5 milliondan 29 million so‘mgacha - Samarqanddagi yangi mehmonxonalar va prezident apartamentlari (foto)
15:40 / 03.09.2022
«Sayyohlar oldida sharmanda bo‘lyapmiz» – Toshkentda ichki ishlar xodimlari tong sahardan mehmonxonalarni tekshirmoqda
07:52 / 22.08.2022