Jahon | 21:19 / 30.08.2018
3509
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh fuqarolarining KXDRga safar qilishlariga qo‘yilgan taqiq uzaytirildi

Foto: AP

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo mamlakat fuqarolarining Shimoliy Koreyaga safar qilishlariga nisbatan qo‘yilgan taqiqni yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda davlat departamenti matbuot xizmatiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

Agentlikning ma'lum qilishicha, taqiq 2018 yil 1 sentabrdan 2019 yil 31 avgustgacha amal qiladi.

Qayd etilishicha, AQSh hukumati KXDRga safar qilish amerikaliklar hayoti uchun xavfli deb hisoblamoqda.

Mavzuga oid