AQSh savdo urushidagi ilk yon berishni amalga oshirdi
AQSh Janubiy Koreya, Braziliya va Argentinadan import qilinadigan po‘lat va alyuminiyga nisbatan yengillik joriy etdi. Prezident Donald Tramp bu borada tegishli hujjatni imzoladi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Bu uch mamlakatga po‘lat, Argentinaga esa qo‘shimcha ravishda alyuminiy olib kirishda yengillik berildi. Endi bu davlatlar «amerikalik ishlab chiqaruvchilar sifat va miqdor bo‘yicha ta'minlay olmasa» o‘z mahsulotlarini AQShga olib kirishlari mumkin.
AQShga po‘lat va alyuminiy olib kirishga nisbatan 25 foizlik boj 1 iyundan kuchga kirgandi. Bunga javoban Yevrokomissiya Amerikadan keltiriladigan qator mahsulotlarga nisbatan 25 foizlik boj joriy etdi.
Iyul oxirida AQSh va Yevroittifoq po‘lat va alyuminiyga nisbatan ikki tomonlama bojlarni muhokama qilish uchun ishchi guruhi tuzgani ma'lum bo‘ldi. Bundan maqsad – cheklovlar butunlay olib tashlanishiga erishish.
Mavzuga oid
22:03 / 22.09.2024
Tramp debat o‘tkazish haqidagi Harris taklifini rad etdi
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024