Sport | 22:10 / 30.08.2018
39212
3 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar ligasining yangi mavsumiga qur'a tashlandi

Bugun, 30 avgust kuni Monakoda Chempionlar ligasining 2018/19 yilgi mavsumi guruh bosqichi uchun qur'a tashlandi. 

Yangi formatga ko‘ra 26 jamoa guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi. Qolgan 6ta ishtirokchi pley-off orqali aniqlandi.

Qur'a arafasida Yevropaning 32 jamoasi 4 savatchaga ajratildi.

Birinchi savatchadan musobaqaning amaldagi g‘olibi, Yevropa ligasi g‘olibi hamda UYeFA koeffitsiyentlar reytingida eng yuqorida turgan 6 liganing chempion jamoalari o‘rin olishdi, birinchi savatcha quyidagi jamoalardan tarkib topdi: «Real» (YeChL g‘olibi), «Barselona» (Ispaniya chempioni), «Manchester Siti» (Angliya chempioni), «PSJ» (Fransiya chempioni), «Atletiko» (YeL g‘olibi), «Bavariya» (Germaniya chempioni), «Yuventus» (Italiya chempioni), «Lokomotiv» (Rossiya chempioni).

An'anaga ko‘ra, bir mamlakat jamoalari bitta guruhdan joy olmasligi ta'minlandi.

Qur'a natijalariga ko‘ra, «Real» «Roma», TsSKA va  jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi.

«Barselona» esa guruh bosqichida «Tottenhem», «PSV» va  jamoalariga qarshi ikkitadan o‘yin o‘tkazadi.

A guruhi: «Atletiko», «Borussiya» D, «Monako», «Bryugge»;
B guruhi: «Barselona», «Tottenhem», «PSV», «Inter»
C guruhi: «PSJ», «Napoli», «Liverpul», «Tsrvena Zvezda»
D guruhi: «Lokomotiv», «Portu», «Shalke-04», «Galatasaroy»;
E guruhi: «Bavariya», «Benfika», «Ayaks», AYeK 
F guruhi: «Manchester Siti», «Shaxtyor», «Lion», «Hoffenhaym»;
G guruhi: «Real», «Roma», TsSKA, «Viktoriya» Plzen
H guruhi: «Yuventus», «Manchester Yunayted», «Valensiya», «Yang Boyz».

Mavzuga oid