Xalqaro aeronavtika federatsiyasi O‘zbekiston haqidagi videosi bilan bo‘lishdi
Joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva va Boysun shaharlarida Xalqaro aeronavtika assotsiatsiyasi delegatsiyasi vakillari ishtirokida aerostatlar parvozlari amalga oshirilgan edi.
Xalqaro aeronavtika federatsiyasi O‘zbekistonga safari chog‘ida tasvirga olingan videolar asosida qiziqarli rolik tayyorlab, uni o‘zbekistonliklar e'tiboriga havola qildi. Videorolik Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi saytida namoyish etildi.
KUN.UZ muxbiri shveysariyalik Piter va Regina Blazerlar bilan bog‘langanida ular KUN.UZ o‘quvchilari va O‘zbekiston ahliga o‘zlarining samimiy tabriklarini yetkazishdi:
"45 yil ilgari biz kichik bir avtomobilda Shveytsariyadan Afg‘onistonga sayohat qilganmiz, o‘shandan buyon O‘zbekistonga borish haqida orzu qilardik. Bugunga kelib bizning orzularimiz amalga oshdi va biz bundan behad xursandmiz. O‘zbekistonda bo‘lganimizda bu go‘zal yurtning odamlarini ko‘rib, ularning dunyodagi eng mehmondo‘st xalq ekaniga ishonch hosil qildik. Kelgusida bu mamlakatga yana borish istagidamiz, albatta. Fursatdan foydalanib, KUN.UZ o‘quvchilari va butun o‘zbek xalqini qutlug‘ Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etamiz hamda ularga dunyodagi eng ezgu tilaklarni tilab qolamiz".
Bundan avval Shveytsariya delegatsiyasi vakillarining O‘zbekiston bo‘ylab sayohati va aerostatlar parvozi tomoshalaridan olgan taassurotlari haqidagi maqola berilgan edi.
Mavzuga oid
20:50 / 17.09.2024
Rossiyalik bloger O‘zbekiston poyezdidagi sayohatni «haqiqiy sinov» deb ta’rifladi
17:32 / 30.08.2024
Taniqli aktyor O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi
19:57 / 28.08.2024
Toshkent dunyoda taksi narxi arzon bo‘lgan shaharlar qatoriga kiritildi
17:50 / 15.08.2024