AQShning atom suv osti kemasi Gibraltar portiga kirdi
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Los Angeles sinfidagi Newport News ko‘p nishonli atom suv osti kemasi Gibraltarga kirdi. Bu haqda Gibraltar Chronicle gazetasi yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, birinchi marotaba suv osti kemasi 30 avgust, payshanba kuni payqalgan. Pentagondan qayd etishlaricha, bu suv osti kemasining oldindan rejalashtirilgan logistika tashrifidir.
Gazetadan qo‘shimcha qilishlaricha, suv osti kemasining mintaqaga kirishi ma'lum bir hodisalar bilan kechgan. 31 avgust, juma kuni Ispaniya bojxona kemasi suv osti kemasiga yaqinlashdi, shuning uchun uni politsiya tutib olgan. Hozirgi paytda hodisaning tafsilotlari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon O‘rta Yer dengizidagi Rossiya mashqlariga izoh bergandi.
Mavzuga oid
22:34 / 26.09.2024
AQSh va Yevropa Putinning yangi yadroviy tahdidlariga javob qaytardi
07:30 / 26.09.2024
AQShning Ukrainaga yangi yordam paketi miqdori ochiqlandi
22:34 / 25.09.2024
AQShda 26 yil oldingi qotillik uchun sudlangan shaxs qatl etildi
22:31 / 25.09.2024