Boksda ikkinchi oltin. Miraziz Mirzaxalilov finalda KXDR vakilini texnik nokautga uchratdi
O‘zbekiston boks jamoasi Osiyo o‘yinlarida ikkinchi oltin medalni rasmiylashtirdi.
-56 kg vazn toifasidagi final jangida Miraziz Mirzaxalilov shimoliy koreyalik Jo Xyo Namga qarshi chiqdi.
Mirzaxalilov 3-raundda raqibni tang ahvolga solib qo‘ydi va shimoliy koreyalik bokschi jangni davom ettira olmadi, referi texnik nokaut qayd etdi. Shu paytgacha to‘plangan ballar bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchi g‘olib deb topildi - 19:19, 19:19, 20:18, 19:19, 19:19.
Mirzaxalilov Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Bu O‘zbekiston boks jamoasining ikkinchi oltin medali bo‘ldi va O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi oltin medallari soni 17taga yetdi.
Oldinda yana 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi:
-60kg: Shunqor Abdurasulov - Tsendbaatar Yerdenebat (Mo‘g‘uliston)
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston)
-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozog‘iston)
Mavzuga oid
10:17 / 22.09.2024
Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi
13:47 / 11.09.2024
Qirg‘iziston prezidenti o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanovga avtomobil sovg‘a qildi
09:00 / 21.08.2024
Urishqoq boladan olimpiada chempionligigacha - Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev xonadonidan reportaj
18:29 / 16.08.2024