Jahon | 20:42 / 02.09.2018
20141
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq va Eron o‘zaro hisob-kitoblarda AQSh dollaridan voz kechdi

Bag‘dod va Tehron o‘zaro hisob-kitoblarda qo‘llovchi valyutalar qatoridan AQSh dollarini chiqardi. Bu haqda Eron-Iroq savdo palatasi raisi Yahyo al-Ishoqga iqtibos keltirgan holda Mehr axborot agentligi ma'lum qildi

“AQSh dollari Eron va Iroq o‘rtasida hisob-kitoblarda qo‘llanuvchi valyutalar qatoridan chiqarildi. Ular moliyaviy hisob-kitoblarda Eron riali, yevro yoki Iroq dinoridan foydalanadi”, deb aytgan amaldor.

Savdo operatsiyalari shakllaridan yana biri barter, ikki davlat kompaniyalari mahsulotlarini o‘zaro ayirboshlash bo‘ladi, deb qo‘shimcha qilgan al-Ishoq.

Mavzuga oid