Jahon | 14:55 / 03.09.2018
27384
2 daqiqa o‘qiladi

Su-35 AQSh HHK uchun dahshat keltirib chiqarishi aytildi

Foto: The National Interest

Amerikaning The National Interest nashri jurnalistlari Rossiyaning Su-35 qiruvchisini AQSh harbiy-havo kuchlari uchun eng yomon dahshat, deb atashdi.

Su-35 Xitoy armiyasiga topshirildi va, nashrga ko‘ra, u Xitoy harbiy-havo kuchlarining eng jangovar qiruvchilaridan biri sanaladi. Ko‘rsatilishicha, AQSh harbiy-havo kuchlari uchun Su-35’ga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan Xitoyning eng zamonaviy PL-15 raketalari eng katta muammo keltirib chiqaradi.

«Agar ish to‘qnashuvgacha borib yetsa, Su-35 Xitoyning Tayvanni o‘ziga «egib» olish borasidagi istalgan harakatida yetakchi o‘rinni egallashi mumkin. U Xitoy Xalq ozodlik armiyasidagi eng yaxshi qiruvchi sanaladi, biroq J-20 ko‘rinmas qiruvchi undan ustunlikka ega. Ammo, u yaqin kelajakda ishlatilmaydi, - deyiladi maqolada. U «havo-havo» turidagi katta masofaga ega raketaga ega bo‘lib, Amerikaning yonilg‘i quyish samolyotlari va boshqa yordamchi samolyotlariga hujum qilishi mumkin».

2015 yil noyabr oyida Xitoyga 2,5 milliard dollar qiymatidagi 24ta Su-35 qiruvchisini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq F-35’ning «yirtqich rejimi»dagi parvozi videoga olingandi

Mavzuga oid