Facebook Blackberry’ni ovozli xabarlar texnologiyasini o‘g‘irlaganlikda ayblab sudga berdi
Facebook Blackberry kompaniyasini ovozli xabarlar texnologiyasiga bo‘lgan patent huquqini buzganlikda aybladi. Bu haqda San-Frantsisko federal sudiga tayanib Bloomberg xabar berdi.
Facebook’ning 118 sahifali da'vosida Kanadaning smartfonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi ovozli xabarlar texnologiyasi bilan bog‘liq oltita patentni «o‘g‘irlaganligi» bildirilgan. Amerika kompaniyasi Blackberry’ni shuningdek grafika, video, audio va GPS sohalarida mualliflik huquqini buzganlikda ayblagan.
Facebook bu bilan Blackberry’ga nisbatan ikkinchi marta ayblov e'lon qilmoqda. Mart oyida kompaniya xabarlarni yetkazish texnologiyasidan noqonuniy ravishda foydalanganlikda ayblangandi.
O‘sha oyning o‘zida Blackberry Kaliforniya sudiga murojaat qilib, Facebook’ni uning ishlanmalaridan WhatsApp va Instagram’da noqonuniy foydalanganlikda ayblagandi. Kompaniyaning bildirishicha, ijtimoiy tarmoqlar uning interfeys, akkumulyatordan foydalanish muddati va xavfsizlik sohasidagi ishlanmalarini o‘zlashtirib olgan.
2016 sentabrda BlackBerry dasturiy ta'minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi bois smartfonlar ishlab chiqarishni to‘xtatishini bildirgandi, ammo haligacha mobil qurilmalar ishlab chiqarishni to‘xtatgani yo‘q.
Mavzuga oid
22:45 / 17.09.2024
Peterburgda mehnat migrantlarining 7 mingdan ortiq patenti bekor qilindi
20:28 / 18.04.2024
Rossiyada migrantlar bir patent bilan bir necha hududda ishlashi mumkin bo‘ladi
22:51 / 05.03.2024
Facebook va Instagram butun dunyo bo‘ylab vaqtincha ishlamay qoldi
21:32 / 01.02.2024