O‘zbekiston | 20:13 / 06.09.2018
33815
6 daqiqa o‘qiladi

Bozordagi narxlar: "Farhod"dagi 7000 so‘mlik pomidor "Qo‘yliq"da 2000 so‘m! 

Sirdaryo viloyati Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida 1 kg. mol go‘shti 40000 so‘mdan 43000 so‘mgacha sotilayotgan bo‘lsa, Toshkent shahrining "Qo‘yliq" dehqon bozoridan ushbu mahsulotni 28000 so‘mdan 38000 so‘mgacha xarid qilish mumkin. 

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jalik) mahsulotlar narxlarini o‘rganishni davom etadi, deb yozmoqda O‘zA.

Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2018 yil 2 sentabr holatidagi narxlari. 

Mol go‘shti
26 000 so‘mdan 43 000 so‘mgacha 

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go‘shti 26 ming so‘mdan 43 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlarni 2-3 haftadan buyon kuzatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bozorlarida uchratish mumkin – 26000 so‘m. 

Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. mol go‘shti 26-40 ming so‘m. O‘tgan haftada ushbu bozorda 1 kg. mol go‘shtini shu narxlarda xarid qilish mumkin edi. 

Toshkent shahrining "Qo‘yliq" dehqon bozorida ushbu mahsulot poytaxt bozorlarida eng arzon narxlarda – 28000 so‘mdan 38000 so‘mgacha sotilmoqda.

Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan 43 000 so‘mgacha

Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida bu hafta qo‘y go‘shti ham respublikaning boshqa hududidan ko‘ra qimmatroq – 40000 so‘mdan 43000 so‘mgacha. Eng arzon narxlarni poytaxtning “Qo‘yliq”, "Mirobod", "Chorsu", “Farhod” bozorlarida uchratish mumkin – 1 kg. qo‘y go‘shti narxi 28000 ming so‘mdan boshlanadi. 

Tovuq go‘shti
11 000 so‘mdan 19 000 so‘mgacha 

Eng arzon tovuq go‘shti Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 11000-13000 so‘m. Eng qimmat narxda ushbu mahsulot Samarqand shahri "Siyob" bozorida sotilmoqda – 18000-19000 ming so‘m. Umuman olganda, mamlakat bozorida 1 kg. tovuq go‘shti o‘rtacha 12-16 ming so‘mdan iste'molchilarga yetkazib berilmoqda. 

Guruch
3 500 so‘mdan 12 500 so‘mgacha 

Respublika bozorlarida guruchni 4000-10000 so‘mgacha uchratish mumkin. Farg‘ona markaziy dehqon bozorida eng qimmat narxdagi guruchni uchratish mumkin – 5500-12500 so‘m. O‘tgan haftada kuzatilganidek, eng arzon guruch Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 3500 so‘m. 

O‘simlik yog‘i
8000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha 

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. o‘simlik yog‘i 9000-10000 ming so‘mdan sotilmoqda. Ushbu mahsulotning eng qimmati Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori hamda Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorida – 12 ming. Eng arzon narxlarni Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8 ming so‘m.

Un
1900 so‘mdan 4 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. 1-navli un 1900 so‘mdan 2500 so‘mgacha. Eng qimmat narxlar esa Samarqand shahri "Siyob" bozorida – 3500-4500 so‘m.

Shakar
4000 so‘mdan 5 500 so‘mgacha 

Eng qimmat narxlardagi shakar Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorida – 4800-5500 so‘m. Eng arzoni esa Navoiy shahri "Saxovat" MChJ ga qarashli markaziy dehqon bozorida – 4000-5000 so‘m. 

Tuxum
280 so‘mdan 750 so‘mgacha 

Bu haftada ko‘plab bozorlardagi tuxum narxlari o‘rtacha 400-500 so‘mdan sotilmoqda. Eng arzon narx Samarqand shahri "Siyob" bozorida – 280-360 so‘m. O‘tgan haftada kuzatilganidek, bu haftada ham eng qimmat narx "Farhod" dehqon bozori (Toshkent shahri)da 300 so‘mdan 750 so‘mgacha sotilmoqda. 

Kartoshka
1000 so‘mdan 3000 so‘mgacha 

Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida bu hafta ham 1 kg. kartoshkani 1500 so‘mdan 3000 so‘mgacha xarid qilish mumkin. O‘tgan haftadagi ushbu narx saqlanib qolgan. Eng arzon narxlardagi kartoshka Qarshi shahri "Yerqo‘rg‘on" dehqon bozorida – 1000 so‘m! O‘tgan haftada ushbu bozorda 1 kg. kartoshka 700 so‘m edi.

Pomidor
2000 so‘mdan 7000 so‘mgacha 

O‘tgan haftada kuzatilgani kabi bu haftada ham poytaxtning "Farhod", "Mirobod" dehqon bozorlarida 1 kg. pomidor 3000 so‘mdan 7000 so‘mgacha sotilayotgan bo‘lsa, "Qo‘yliq" dehqon bozoridan ushbu mahsulotni 2000 ming so‘mdan, "Yunusobod" dehqon bozoridan esa 1500 so‘mdan xarid qilish mumkin. Umuman, 1 kg. pomidor respublika bozorlarida o‘rtacha 2500-3000 so‘mdan sotilmoqda.

Mavzuga oid