Yevroittifoq Eymsberidagi hodisani tergov qilishda Londonni qo‘llab-quvvatlaydi
Yevropa ittifoqi Eymsberidagi hodisani surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha sa'y-harakatlarda Britaniyaga yordam berishga tayyor. Bu haqda RIA «Novosti» Yevroittifoq tuzilmalaridagi manbaga asosan xabar qilmoqda.
«Biz Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotining Eymsberida ikki kishiga qarshi «Novichok» harbiy sinfidagi kimyoviy modda qo‘llangani borasidagi tasdiqlovini ko‘rdik. Voqea oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Yevropa kengashining mart oyidagi xulosalari juda aniq edi - biz Buyuk Britaniyaning bu ishda adolatga erishish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz hamda hali ham yordam taklif qilishga tayyormiz», - deya aytib o‘tdi manba.
U Yevropa ittifoqining «kimyoviy qurolni qo‘llash, jumladan, qurol sifatida zaharli kimyoviy moddalardan foydalanish istalgan holatlarda qabul qilib bo‘lmas va barcha uchun xavfsizlikka tahdidlarni keltirib chiqarishi» borasidagi pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripallarning qarindoshi bayonot bergani, ular vafot etgan bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:52 / 17.09.2024
Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga 75 mln funt ajratadi
20:09 / 14.09.2024
Britaniyada ayol farzandini «ikki marta tug‘di»
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
22:17 / 10.09.2024