Ukraina razvedkasi Zaxarchenkoga suiqasdni kim tashkillashtirganini ma'lum qildi
O‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») sobiq yetakchisi Aleksandr Zaxarchenkoga suiqasdni Rossiya tomoni tashkillashtirgan. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi vakili Vladimir Skibitskiy Ukrainaning «Beshinchi kanali» efirida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva «xalqaro sudlarda Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorliklariga guvoh bo‘lishi mumkin bo‘lganlarni» yo‘q qilmoqda.
«Ukraina harbiy razvedkasi ma'lumotlariga ko‘ra, Zaxarchenkoning yo‘q qilinishi ortida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati turibdi. Ular Ukraina tomonini ayblab chiqishi aniq edi. Ular bizni terrorchilik aktida ayblab chiqishlari ham avvaldan ma'lum bo‘lgan», - deya xabar berdi Skibitskiy.
Vazirning ta'kidlashicha, shunday ma'lumotga egaki, unga ko‘ra Zaxarchenko 31 avgust kuni o‘ldirilgan «Separ» kafesi FXXning bevosita nazorati ostida bo‘lgan. «Bundan tashqari, bizning ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu restoran operativ nuqtai nazardan to‘liq jihozlangan. U yerda ham video, ham audioma'lumotni yozib olish mumkin edi. Rossiya FXX Zaxarchenko tomonidan kafeda o‘tkaziladigan barcha tadbirlarni yaxshi bilgan», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Mudofaa vazirligi vakili.
Shu bilan birga, Ukraina Xavfsizlik xizmati o‘sha kafe ichiga portlovchi moddalarni o‘rnata olmas edi, «chunki hammasi Rossiya Federatsiyasida nazorat ostida bo‘lgan», dedi Skibitskiy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaning Qrimni qaytarib olish imkoniyatlari baholangandi.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024