Jamiyat | 13:19 / 11.09.2018
14921
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpoqcha brend. Qonliko‘lda «Qora uy bekat» qurildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanidagi «Beskupir» ovul fuqarolar yig‘inida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida milliylik va zamonaviylikni mujassam etgan qora uy (o‘tov) loyihasidagi bekat qurildi. Bu haqda Karinform yozmoqda.

Foto: Karinform

Ushbu bekat qoraqalpoq xalqining milliy naqshlari bilan bezatilgan bo‘lib, mahalliy aholining avtotransportlarni kutishi va dam olishi uchun o‘rindiqlar qurilib, qulayliklar yaratilgan.

Foto: Karinform
Foto: Karinform

Eslatib o‘tamiz, avval tumandagi «Bostan» ovul fuqarolar yig‘inida o‘zgacha uslubdagi «Soyabon bekat» qurilgan edi.

Mavzuga oid