Qozog‘iston va Xitoy harbiy hamkorlikni muhokama qildi
Ostona shahrida Qozog‘iston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari-qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i Murat Maykeyevning Xitoy ozodlik armiyasi g‘arbiy harbiy okrugi bosh qo‘mondoni Chjao Tszuntsi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘iston mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tomonlar ikki tomonlama harbiy hamkorlik, jumladan qozog‘istonlik harbiylarning Xitoy harbiy oliygohlarida tayyorgarlikdan o‘tishlari, hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazishni muhokama qildi hamda mintaqadagi xavfsizlik bo‘yicha vaziyat yuzasidan fikr almashdi.
Xitoy harbiy delegatsiyasi tashrif doirasida Almati garnizonidagi harbiy qismlarda bo‘lishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Xitoy markaziy harbiy kengashi raisi o‘rinbosari Syuy Tsilyan harbiy-texnik hamkorlik masalalarini muhokama qilgandi.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024