Jamiyat | 20:57 / 13.09.2018
15285
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda nos ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida nos ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan yashirin sex fosh etildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Bektemir tumanida istiqomat qiluvchi 36 yoshli M.I o‘z uyida noqonuniy sex tashkil qilgan.

Qayd etilishicha, ushbu fakt bo‘yicha Bektemir tumani prokuraturasi qoshidagi departament tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 186-moddasi, 1 qismi () va 186-moddasi 3-qismi «a» punkti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid