Sport | 10:00 / 15.09.2018
11967
2 daqiqa o‘qiladi

«Devis kubogi». Istominda mag‘lubiyat, Jo‘rabek Karimov g‘alaba qozondi

14 sentabr kuni tennis bo‘yicha «Devis Kubogi» musobaqasida pley-off bahslari boshlandi.

O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari jahon ligasiga chiqish uchun britaniyalik tennischilarga qarshi kortga chiqishmoqda.

Birinchi kungi bahslardan so‘ng durang natija qayd etilmoqda.

Birinchi bo‘lib O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin britaniyaliklarning uchinchi raketkasi Daniel Evansga qarshi kortga chiqdi. 4 soatu 14 daqiqa davom etgan uchrashuvda O‘zbekiston vakili ATP reytingida 222-o‘rinda turgan raqibidan 5 setda – 7/6, 4/6, 0/6, 6/4, 7/5 hisoblari bilan mag‘lubiyatga uchradi.

O‘zbekiston jamoasining ikkinchi raqamli tennischisi, jahon reytingida 434-o‘rinda turgan 20 yoshli Jo‘rabek Karimov esa Buyuk Britaniya jamoasining birinchi raqamli raketkasi, 23 yoshli Kemeron Norriga qarshi bahs yuritdi. Qariyb 4 soat davom etgan bahsda O‘zbekiston vakili 6/0, 7/5, 6/7, 2/6, 2/6 hisoblarida g‘alaba qozondi.

Bugun, 15 sentabr kuni O‘zbekiston va Buyuk Britaniya jamoalari o‘rtasidagi uchinchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda Denis Istomin va Sanjar Fayziyev juftligi Jyeymi Marrey va Dominik Inglot duetiga qarshi kortga chiqadi.

16 sentabr kuni  qarama-qarshilik doirasida yana ikki bahs o‘tkaziladi. Oxirgi kuni O‘zbekiston sharafini Humoyun Sultonov (536) va Farrux Do‘stov (1086) himoya qiladi.

Mavzuga oid