Sport | 00:03 / 18.09.2018
18853
1 daqiqa o‘qiladi

Hakamlarni haqorat qilgani Marat Bikmayevga qimmatga tushdi

Superliga 23-turidan o‘rin olgan «Metallurg» – «Lokomotiv» bahsida «temiryo‘lchilar» zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan hujumchi Marat Bikmayev hakamlar guruhi sha'niga noma'qul so‘zlar ishlatgan edi. Natijada o‘yinni boshqarib borgan hakam Vladislav Tseytlin uni maydondan chetlatdi.

O‘yindan so‘ng, Tseytlin yozma bildirgi orqali bu vaziyatga izoh berarkan, Bikmayev avvaliga zaxira hakamini, so‘ngra butun hakamlar guruhini haqorat qilganini ma'lum qildi. 

Bu vaziyat atroflicha o‘rganib chiqildi va Musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 3-bo‘lim, 5.45 bandining Ye qismini qo‘pol ravishda buzgani e'tirof etilgan Marat Bikmayev navbatdagi ikkita rasmiy o‘yindan chetlatildi va 10 000 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Mavzuga oid