Olimlar global falokatning muqarrarligi haqida ogohlantirdilar
Olimlar karbonat angidrid gazi emission byudjyetining deyarli nolga tushib ketishi munosabati bilan iqlim falokati muqarrarligi haqida ogohlantirdilar. Tadqiqot natijalari Nature Geoscience’da e'lon qilindi.
Emission byudjyet - ma'lum bir vaqt uchun maksimal mumkin bo‘lgan chiqarib tashlash ko‘rsatkichi bo‘lib, u global isish darajasining oshishiga yo‘l qo‘ymaydi. U abadiy muzlik erishi va uglerod chiqarib tashlanishi sababli deyarli nol holatga kelib qoldi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, karbonat angidrid gazi chiqarib tashlanishining hozirgi darajasini saqlab qoladigan bo‘lsa, emission byudjyet taxminan olti yil ichida tugaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jiddiy falokatning kutilmagan belgilari topilgandi.
Mavzuga oid
14:45 / 16.09.2024
Yer yuzidagi eng yirik ommaviy qirilishga okean suvining qizishi sabab bo‘lgan – tadqiqot
19:44 / 12.09.2024
Yerosti va yerusti inshootlari: Daniya poytaxti toshqinlardan himoyalanish uchun ulkan infratuzilma qurmoqda
16:39 / 10.09.2024
Issiq havo tug‘ilish darajasini pasaytiradi - tadqiqot
19:03 / 07.08.2024