Jahon | 16:27 / 19.09.2018
19811
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyani «ovozni o‘chirishga» chaqirgan Britaniya vaziri Donbassga keldi

Foto: Facebook/pressjfo.news

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson Donbassda o‘tkazilayotgan harbiy amaliyot joyiga tashrif buyurdi. Bu haqda Ukraina birlashgan kuchlari operatsiyalari matbuot markazidan xabar berishdi, deb yozmoqda RIA «Novosti».

Xabar qilinishicha, Uilyamson, xususan, Kramatorskka tashrif buyurib, u yerda birlashgan kuchlar amaliyotlari qo‘mondoni Sergey Nayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uning davomida Britaniya mudofaa vaziriga vaziyat va uni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma'lumot berildi.

«Keyinchalik birlashgan kuchlar qo‘mondoni xorijdan kelgan yuqori mansabli mehmonni joyning o‘zidagi ish davomida brigadalardan birining harakatlari polosasida vaziyat bilan tanishtirdi. Xususan, davlat kotibi mudofaaning oldingi chiziqlariga borib, u yerda birlashgan kuchlar jangchilari bilan shaxsan suhbatlashdi», - deya aytib o‘tishdi matbuot markazidan.

Shuningdek, Uilyamsonga kirish-chiqish nazorat-o‘tkazish punktlaridan birining ishi namoyish etildi, shundan so‘ng u Donbassdagi infratuzilma obektlarini tiklash bo‘yicha gumanitar tashabbuslarni muhokama qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina harbiylarini Azov dengiziga «tashlagandi». 

Mavzuga oid