Dunyodagi eng qirg‘inbarot yuqumli kasallik ma'lum qilindi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti silni dunyodagi eng qirg‘inbarot yuqumli kasallik deb atadi va unga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor choralarni qabul qilishga chaqirdi.
JSSTda ta'kidlanishicha, silning tarqalishi oldini olish bo‘yicha dunyo ko‘lamidagi sa'y-harakatlarga qaramasdan, 2017 yilda sil bilan 10 million kishi kasallangan va undan 1,6 mln kishi vafot etgan.
Shu bilan birga JSSTning ma'lum qilishicha, jahon hamjamiyatining birgalikdagi sa'y-harakatlari evaziga 2000 yildan to shu kungacha 54 mln kishining bu kasallikdan o‘lishi oldi olingan, kasallanish holatlari esa har yili 2 foizga qisqarmoqda.
Biroq ushbu kasallik barcha yuqumli kasalliklar ichida eng xavflisi bo‘lib qolmoqda. JSSTning baholashicha, past va o‘rta daromadga ega davlatlarda silning oldini olish va uni davolashga joriy yilda 3,5 mlrd dollar mablag‘ yetmayapti. Agar tegishli choralar ko‘rilmasa, bu qiymat 2022 yilgacha 2 barobarga ko‘payishi mumkin.
JSST vakillari fikricha, dunyoda tobora ko‘proq odamlar silning rezistent shaklidan kasallanayotgani muammo hisoblanadi. Silning bu shaklida silga qarshi asosiy dori vositasi hisoblanuvchi rifampitsin benafdir.
Tashkilotning ogohlantirishicha, sayyoramizdagi har to‘rtinchi kishi sil infeksiyasining potensial tashuvchisi hisoblanadi.
Sil inson va hayvonlar o‘rtasida keng tarqalgan yuqumli kasallik bo‘lib, mikobakteriyalarning turli turlari tomonidan chaqiriladi. Kasallik odatda o‘pkaga, kam hollarda boshqa a'zolarga putur yetkazadi. Mikobakteriyalar sil bilan kasallangan odam gaplashganda, yo‘talganda va aksirganda havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi.
Mavzuga oid
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
17:08 / 30.10.2024
Dunyoda silga chalinish holatlari oshdi – JSST
00:26 / 27.10.2024