Qanday tovarlarga ekologik yig‘im solish taklif etilmoqda?
Ekologik yig‘imni undirish taklif etilayotgan tovarlar ro‘yxati tuzildi, uni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ishlab chiqildi. Tegishli loyihalar (ishlab chiquvchi – Davlat ekologiya qo‘mitasi) QHTBT portalida joylashtirilgan.
Norma’ning yozishicha, «xorijiy tajriba va jamoatchilikning har tomonlama muhokamasini hisobga olgan holda» 2020 yilgacha ekologik yig‘imni joriy qilishning maqsadga muvofiqligi masalasini hal etish vazifasi topshirilgan.
Biroq taqdim etilgan loyiha belgilangan muddatdan oldin ishlab chiqildi. Yig‘imlarni 2019 yil 1 yanvardan joriy etish hamda foydalanish xususiyatini yo‘qotgandan so‘ng atrof-muhitga zarar yetkazuvchi ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhiga, shu jumladan o‘ramiga solish rejalashtirilmoqda.
Jadvalda ko‘rsatilgan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va (yoki) import qiluvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ekologik yig‘imni to‘laydilar. Yig‘im miqdorini to‘lovchilarning o‘zi tovarning, shu jumladan o‘ramning haqiqiy hajmidan (vaznidan, miqdoridan) kelib chiqib hisoblab chiqaradilar.
Ekologik yig‘im summasining hisob-kitobini to‘lov hujjati nusxasi bilan birga ro‘yxatdan o‘tgan joydagi soliq idorasiga topshirish kerak bo‘ladi. To‘lov har chorakda – hisobot choragidan keyingi oyning 30-sanasigacha to‘lanishi ko‘zlanmoqda. Hisob-kitob oldindan – tegishincha 20-sanagacha topshiriladi.
Ekologik yig‘imni undirish bilan soliq organlari shug‘ullanadi, ular tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishini nazorat qiladilar. Mablag‘lar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasida jamlanadi. Ular maqsadli ravishda sarflanadi – chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirishga hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi.
Mexanizmni amalga oshirish uchun «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun va Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritish, shuningdek ekologik yig‘imni qo‘llashga doir alohida tartibni tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
Loyihalar o‘zgartirilishi, ularga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
23:00 / 04.11.2024
“Afsus, vijdon issiqxonada o‘smaydi" - Sherzodxon Qudratxo‘janing posti e’tirozlarga sabab bo‘ldi
10:56 / 03.11.2024