“Haj” ziyoratiga borish tartibi qanday?
“Haj”ga borish uchun fuqaro doimiy yashash joyidagi mahalla yig‘iniga ariza hamda pasporti nusxasini taqdim etadi.
“Haj”ga borishga nomzodlar navbatga qo‘yilishidan avval har oyning 5 sanasidan kech bo‘lmagan muddatda suhbatdan o‘tkaziladi va saralanadi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
moddiy va jismoniy jihatdan Hajga qodir bo‘lishi;
Haj amallarini to‘g‘ri va to‘la-to‘kis ado etishi uchun yetarli diniy bilimga ega bo‘lishi;
oldin Hajga bormagan bo‘lishi;
voyaga yetgan bo‘lishi;
ma'naviyati, ma'rifati va odob-axloqi bilan mahallada obro‘-e'tiborga ega bo‘lishi;
oilasidagi muhitning sog‘lomligi va farzandlarining ijobiy tavsiflanishi, mahalladagi muhitni yaxshilashda ibrat bo‘la olishi;
yo‘ldan adashganlarning ijtimoiy moslashuviga yordam berishi;
mahalladagi xayriya tadbirlarida ishtirok etishi.
45 yoshgacha bo‘lgan ayollarning Hajga faqat mahramlari (eri, otasi, o‘g‘li, akasi, ukasi va h.k.) bilan birga borishiga yo‘l qo‘yiladi.
Nomzodlar ro‘yxati tegishli hududdagi masjid va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarida e'lon qilinadi.
Ro‘yxat bo‘yicha navbati kelgan fuqarolar Hajga jo‘nashdan kamida bir oy oldin yozma shaklda pochta orqali xabardor qilinadi.
Mavzuga oid
19:53 / 15.10.2024
“Sekin oshirib boramiz” – Toshboyev O‘zbekiston 24 minglik Haj kvotasidan to‘liq foydalanmayotgani haqida
09:44 / 29.06.2024
Haj vaqtida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani aytilyapti
18:28 / 24.06.2024
Haj mavsumida vafot etganlar sonining ko‘pligi sabablari ma’lum qilindi
20:14 / 20.06.2024