Eron Ahvozdagi terrorchilik harakati uchun AQShdan o‘ch olishini bildirdi
Eron Ahvozdagi ko‘plab fuqarolar halok bo‘lgan terrorchilik harakati uchun AQSh va Isroildan qasos oladi. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bosh qo‘mondonining o‘rinbosari Husayn Salomiy ana shunday bayonot berdi, deb xabar qildi Reuters.
«Sizlar qasosimizni ko‘rdingiz... Javobimiz keskin va yakson qiluvchi bo‘ladi va qilgan ishingiz uchun pushaymon bo‘lasiz», — degan u qurbonlarni so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimida.
Tehron Ahvozdagi teraktda AQShning Fors ko‘rfazidagi ittifoqchilarini aybladi. Reuters’ning qayd etishicha, birinchi navbatda Iroq, Yaman, Livan va Suriyadagi muxolif kuchlarni qo‘llab-quvvatlayotgan Saudiya Arabistoni aybdor.
Eslatib o‘tamiz, 22 sentabr shanba kuni ertalab Eronning janubiy-g‘arbiy qismidagi Ahvoz shahrida harbiy paradda qatnashayotganlarga terrorchilik hujumi uyushtirildi. Hujum natijasida 28 kishi halok bo‘lgan, 60 kishi jabrlangan.
Mavzuga oid
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024