Siemens Iroq bilan 13 mlrd yevrolik shartnoma imzolashi kutilmoqda
Germaniyaning Siemens texnologik kompaniyasi o‘z tarixidagi eng yirik shartnomalardan birini imzolashi mumkin - u Iroq hukumati bilan mamlakat energetik tuzilmasini qayta tiklashga doir hujjatni imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Handelsblatt gazetasining xabar berishicha, kompaniya rahbari Jo Kezer yakshanba kuni shu mazmundagi hujjatni muvofiqlashtirish uchun Bog‘dodga yo‘l olgan.
Kelishuv doirasida Siemens mamlakat elektrifikatsiyasida ishtirok etadi. Manbaga ko‘ra, Germaniya kansleri Angela Merkel ushbu shartnoma bo‘yicha Iroq tomon bilan shaxsan kelishuvga erishgan. Bog‘dodga Kezer bilan birga Germaniya iqtisodiyot vazirining kotibi Tomas Barays ham yo‘l olgan.
Ta'kidlanishicha, muzokaralar davomida kelishuv summasi 13 milliard yevrodan ortiqqa baholangan. Siemens hozircha bu ma'lumotga rasmiy izoh bermagan. Iroq tomon kelishuvni ijobiy baholamoqda.
Mavzuga oid
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
20:44 / 03.09.2024
Shveytsariya 33 yildan keyin Iroqdagi elchixonasini qayta ochdi
20:26 / 13.08.2024