Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi tayinlandi
Ravshan Shavkatovich Izomov hukumat qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining raisi etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori bilan Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tashkil etilgan edi.
Xalqaro standartlarga mos sog‘liqni saqlash infratuzilmasini yaratishga, shu jumladan, tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini zamonaviy uskunalar va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash Milliy palataning asosiy vazifaci hisoblanadi.
Mavzuga oid
07:43 / 24.01.2023
Kichik tadbirkorlik sub’yektlari Savdo-sanoat palatasiga tekin qabul qilinadi
11:33 / 17.01.2023
O‘zbekiston-Singapur Savdo-sanoat palatasi tashkil etiladi
11:12 / 22.10.2022
Savdo-sanoat palatasiga qo‘shimcha vakolatlar beriladi
16:23 / 22.08.2022