Ruhoniy AQShning pozitsiyasidan darg‘azab bo‘ldi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh doimiy vakili Nikki Xeylining Erondagi Ahvaz shahrida harbiy parad vaqtida ro‘y bergan terakt haqidagi so‘zlariga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
Avvalroq, Xeyli CNN telekanaliga bergan intervyusida terrorchilik hujumchilarida aybdorlarni topish uchun «Eron ko‘zguga qarashi kerak» ekani haqida ma'lum qilgandi. Bunday so‘zlar bilan u Eron hukumatining AQSh hujumga aloqador ekani haqidagi so‘zlariga reaksiya bildirdi.
«Avvalroq AQSh rasmiy vakili Ahvazdagi terrorchilik hujumi haqida dahshatli narsalarni aytdi va bu terakt uchun mas'uliyatni Eron hukumati zimmasiga yuklab qo‘ydi!», - deb yozadi Ruhoniy.
Shu munosabat bilan u AQShga agar Eron tomoni 11 sentabr hujumi haqida xuddi shunday deganida, qanday vaziyat yuzaga kelishi haqida o‘ylab ko‘rishni taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron terakt uchun kim mas'ul ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024