Jahon | 15:09 / 26.09.2018
18083
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda Suriya ssenariysi takrorlanishi mumkinligi aytildi

Foto: Valeriy Melnikov / Sputnik / DPA

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning ma'lum qilishicha, Suriya ssenariysi Afg‘onistonda ham takrorlanishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» Patrushevning matbuot kotibi Yevgeniy Anoshinga asosan xabar bermoqda.

«Bugun Afg‘oniston hududida ushbu [Suriya] ssenariyning takrorlanish xavfi haqida gapirishimiz mumkin», - dedi Patrushev Tehronda, Afg‘onistondagi vaziyatga yechim topish bo‘yicha ko‘p tomonlama maslahatlashuvlar davomida.

Patrushevning fikricha, Afg‘onistondagi vaziyatning «tanazzulga uchrashi»ga sabablardan biri - IShID xalqaro terrorchilik guruhi faoliyati. Uning eslatishicha, 2014 yilda ko‘pchilikka IShID jangarilari Suriyadagi vaziyatga katta ta'sir ko‘rsatmayotgandek «bo‘lib tuyulgan».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MDHning qancha fuqarosi terrorizm uchun qidirilayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid