Genri Kissinjyer AQSh va Xitoyning bo‘lajak munosabatlariga baho berdi
AQSh sobiq davlat kotibi Genri Kissinjyerning Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda ma'lum qilishicha, Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarning uzoq muddatli rivojlanishiga ijobiy kayfiyatda qaramoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«AQSh-Xitoy munosabatlarining uzoq muddatli rivojlanishi bo‘yicha ijobiy pozitsiyadaman, ikki tomon ham bu munosabatlarga nisbatan kengroq istiqbollar nuqtai nazaridan qarashi hamda ko‘plab mintaqaviy va xalqaro muammolar, shuningdek, global chaqiriqlarga javob berish maqsadida hamkorlikni mustahkamlashi kerak», - dedi Kissinjyer.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Xitoy va AQSh qator masalalar bo‘yicha turli fikrga ega, lekin ular mojaroga kirishishi kerak emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh savdo urushida kuchli zarbaga uchrashini kutayotgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:03 / 22.09.2024
Tramp debat o‘tkazish haqidagi Harris taklifini rad etdi
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024