O‘zbekiston | 23:46 / 27.09.2018
7099
2 daqiqa o‘qiladi

"O‘zbekenergo" tender savdo haqida e'lon qildi

"O‘zbekenergo" AJ To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qurilishi uchun elektr uzatish liniyalari va 220 kVt'li stansiya uchun uskunalar va materiallarni qo‘lga kiritish maqsadida tender savdo haqida e'lon qildi. 

Tender takliflar 2018 yilning 12 noyabrigacha taqdim etilishi kerak. Tanlov savdolari jarayoni Yaponiya tajriba-sanoat ishlanmasi zayomlari doirasida xaridlar bo‘yicha ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshiriladi, jarayon Zayom shartnomasida belgilanganidek, tegishli mamlakatlarning barcha ishtirokchilari uchun ochiq. 

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi hukumati Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (DJAYKA)dan To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qurilish loyihasini moliyalashtirish uchun zayom oldi. Bu zayomning bir qismi "To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qurilishi" shartnomasida ko‘zda tutilgan to‘lovlar uchun qo‘llanadi. 

To‘raqo‘rg‘on IES Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi bilan ta'minlashda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Loyiha doirasida ikki zamonaviy va samarali bug‘-gaz o‘rnatmalarini o‘z ichiga olgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi ko‘zda tutilmoqda. Loyihaning bosh pudratchisi «Mitsubishi Corporation and Mitsubishi Hitachi Power Systems, Ltd.» (Yaponiya) Konsortsiumi hisoblanadi. 


Ayni damda 1-blok qurilish maydoniga asosiy uskunalar yetkazilgan. 2-blok uchun asosiy uskunalar qurilish maydoniga oktabr oyi boshida yetkazilishi rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid