Fan-texnika | 08:33 / 29.09.2018
6971
1 daqiqa o‘qiladi
Ilon Mask bir kunda 1,5 mlrd dollar yo‘qotdi
Tesla asoschisi Ilon Maskning boyligi bir kun ichida 1,5 mlrd dollarga kamaydi. Bu haqda Bloomberg xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Mask AQSh hukumati uni sudga bergani haqida xabarlar tarqalgach, 1,5 milliard dollarni yo‘qotgan.
Ta'kidlanishicha, Maskni Tesla aksiyadorlariga yolg‘on va asossiz ma'lumot berishda ayblashdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask AQShning qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi tomonidan unga qarshi qo‘yilgan da'volarga munosabat bildirgandi.
Maskning ma'lum qilishicha, firibgarlik bo‘yicha ayblovlarni asossiz deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu da'volardan juda xafa bo‘lgan va qayg‘udadir.
Mavzuga oid
23:56 / 04.10.2024
Tesla AQShdagi eng hamyonbop modeli savdosini to‘xtatdi
11:15 / 02.10.2024
Floridada “Helen” to‘foni sabab suv bosgan garajda Tesla avtomobili yonib ketdi
22:34 / 30.09.2024
Ilon Mask «dronlar to‘dasi» o‘rtasida janglar sodir bo‘lishidan ogohlantirdi
21:50 / 28.09.2024