Jahon | 11:38 / 01.10.2018
12622
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Ahvozdagi terakt tashkilotchilarini bombardimon qildi

Foto: AFP

Eron Suriyadagi Furot daryosining sharqiy qirg‘og‘ida Ahvozdagi terakt tashkilotchilari obektlariga raketa zarbalarini berdi. Bu haqda Fars agentligi xabar tarqatdi.

Hujum 1 oktabr kuni tungi soat ikkilar atrofida amalga oshirildi. Ta'kidlanishicha, zarba Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi - Eron Qurolli kuchlarining nufuzli qismlari tomonidan berilgan. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, zarbalarni berish chog‘ida ballistik raketalardan foydalanildi.

Uchirilgan raketalarning aniq soni noma'lum. Hujum natijasida ko‘plab terroristlar yo‘q qilindi, jabrlanganlar ham borligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSh sanksiyalariga qarshi chiqishda davom etishini ma'lum qilgandi.

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning ma'lum qilishicha, mamlakat AQSh sanksiyalariga qarshi chiqishda davom etadi. 

Mavzuga oid